Markaziy Afrika Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi örtasidagi harbiy hamkorlik töğrisidagi bitim MAR hududida Rossiya harbiy bazasini yaratiş imkoniyatini nazarda tutadi. Bu haqda MAR mudofaa vaziri Mari Noel Koyyara RIA Novosti’ga bergan intervyusida ma'lum qildi.
MAR Mudofaa vazirligi rahbarining ta'kidlaşiça, rossiyalik harbiy yöriqçilar işlayotgan Berengodagi markaz «odamlar fikrida boşqaça tasavvur paydo qilayotgan bölsa ham», Rossiya bazasi hisoblanmaydi.
Avgust oyida Rossiya va MAR örtasida harbiy hamkorlik töğrisidagi bitim imzolangandi.
Undan bir neça hafta oldin MARda rossiyalik jurnalistlar Orxan Jamol, Aleksandr Rastorguyev va Kirill Radçenko öldirilgandi. Ular MARda işlaşi taxmin qilinuvçi «Vagner» guruhidan bölgan yollanma şaxslar töğrisida hujjatli film suratga oliş maqsadida respublikaga kelişgan.












