Braziliya boş prokuraturasi mamlakat sobiq prezidenti Luis Inasiu Lula da Silvani qamoqxonada qoldirişni söramoqda, deb xabar qildi EFE agentligi.

Agentlikning bildirişiça, boş prokuror Rakel Doj oliy sudga Lula himoyaçilarining sobiq prezidentni ozodlikka çiqariş töğrisidagi apellyatsiyasini rad etişni sörab murojaat qilgan.

Lula aprelda Kuritiba şahriga olib kelingan va korrupsiya işi böyiça qamoq jazosini ötay boşlagandi. U yanvarda 12 yil-u bir oyga ozodlikdan mahrum qilingan.

Avvalroq sobiq prezident Petrobras neft kompaniyasidagi korruptsion sxemaga aloqadorlikda gumonlangandi. Braziliya hukumatining ma'lumotlariga köra, mazkur korruptsion sxema iştirokçilari 3,8 milliard dollarga yaqin mablağni qölga kiritişgan.