Rahmatillo Murodillayeviç Qarşiyev “Maxsustrans” davlat unitar korxonasi direktori etib tayinlandi. Bu haqda Toşkent şahar hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

R.Qarşiyev 1978 yilda Jizzax tumanida tuğilgan. 2001 yilda Buyuk Britaniyaning Bolton universiteti, 2006 yilda Sautgemton Solent universitetini tamomlagan.

Bundan avval “Best Prime AURUM” mas'uliyati çeklangan jamiyatida marketing va savdo bölimi boşliği, “Hyundai Engineering CO. Ltd” xorijiy korxonasida inspektor bölib işlagan.

Şuningdek, Şerzod Irgaşeviç Kattaxodjayev “Maxsustrans” davlat unitar korxonasi direktori birinçi örinbosari etib tayinlandi.

Ş.Kattaxodjayev 1977 yil Toşkent şahrida tuğilgan. 1999 yilda Toşkent davlat texnika universitetini, 2002 yilda Şotlandiyaning Robert Gordon universitetini tamomlagan.

Bundan avval “Özbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi tarmoğidagi, “Özbekkimyomaş” zavodi Turbokompressorlar işlab-çiqariş sexining boşliq örinbosari, “Tiklamoq” mas'uliyati çeklangan jamiyati direktori, “Energiya tejaş milliy kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyatining boş direktori örinbosari bölib işlagan.