Mehribonlik uyi deganda mehrga zor, qalbi öksik, lekin bardoşi toğ misoli, közlari mungli, biroq yuzlarida tabassum balqib turgan bolalar köz öngingizga keladi. Har bir yetim bola köngli limmo-lim orzularga boy. Bunday bolalar hayotda köngli yarim bölib ulğayişadi, ular uçun qilingan yaxşilik, ozgina e'tibor ularning qalbiga nur va çeksiz quvonç olib kiradi.
Özbekistonda bunday yetim bolalarga ğamxörlik qiliş, mehr beriş va şu barobarida birovdan kam emasligini körsatiş uçun davlat tomonidan hamma şart-şaroitlar yaratib berilgan. Mehribonlik uylarida tarbiyaçilar köngli yarim bolalarga tayanç va suyanç bölişmoqda. Ammo guruç kurmaksiz bölmaydi deganlaridek şu murğak bolalardan ham tama qilib, iş köruvçi insonlar uçrab turibdi.
Şunday voqealardan biriga Farğona viloyatining Marğilon şahridagi 1-Mehribonlik uyida sodir etilgan holatni misol keltirişimiz mumkin. Mazkur jinoyat işida sudlanuvçilar voyaga yetmagan şaxsni tarbiya muassasasida jinoyatga jalb qiliş, ön olti yoşga tölmagan şaxs bilan jinsiy aloqa qiliş, voyaga yetmagan ojiz ahvoldagi şaxsni qiynaş, ön olti yoşga tölmagan şaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qiliş, şuningdek, ayolni öz homilasini sun'iy ravişda tuşirişga majburlaş kabi jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda. Jinoyat işlari böyiça Farğona viloyat sudi ayni paytda Mehribonlik uyining sobiq direktori K.Yakubov, boş hisobçi A.Muydinova va hisobçi A.Saidkamolova, direktor örinbosari S.Usmonov, feldşer I.Yöldaşev, tarbiyaçi X.Yakubova, R.Abdufattoyev va N.Soliyeva, enaga D.Djurabayeva va X.Törayevga nisbatan jinoyat işini körib çiqmoqda.
Bitta inson jinoyatini balki tuşuniş mumkin, lekin butun bir jamoa bölib bolalarni tahqirlaş aqlga siğmaydigan masala. Hali voyaga yetmagan bolalardan öz manfaati yulida foydalangan bunday insonlarni kim deb ataşimiz mumkin? Qilingan har bir iş jazosiz qolmasligi aniq. Ammo voyaga yetmagan bu murğak qalblar hayoti qanday keçadi? Özi şundoq ham öksik qalbi yanada çuqur jarohat olmaydi, deb kim kafolat beradi. Bunday tuban işlarni qilişga nima majbur qilgan bölişi mumkin? Nafsmi?..
Bunday savollarning oxiri kurinmaydi. Inson yer yuzidagi eng oliy mavjudot hisoblanadi, qomusimizning markazida ham inson turadi, inson va uning manfaatlari uçun qonunlar xizmat qiladi. Inson umri yaxşilik va yomon amallar orqali ölçanadi, undan qoladigan yagona narsa ham yaxşilikdir. Öz yurtini, undagi odamlarni yaxşi amallari bilan sevadigan insonlar köpaysa, bizning yurtimiz gullab-yaşnaydi. Zero, prezidentimiz aytganidek, “Menga millatini sevadigan odam kerak”, millatini sevgan inson, öz xalqini, ularning kelajak avlodini xor qilmaydi.










