Markaziy bank tomonidan ötkazilgan monitoring natijalari şuni körsatmoqdaki, 2018 yil iyul oyida ayrim iste'mol tovarlari va xizmatlar narxi 0,5 foizga ösdi.

Ta'kidlanişiça, iyul oyida meva-sabzavot mahsulotlarining narxi oxirgi oylarda ularni taklif qiliş hajmi mavsumiy oşişi tufayli keskin pasayişni töxtatdi, hozirgi vaqtda an'anaviy tuzatiş bilan ajralib turibdi.

Xususan, uşbu guruhda narxlar ösişi 5,1%ni taşkil etdi. Narxlarning ösişi joriy yilning may va iyun oylarida meva-sabzavot mahsulotlari sezilarli darajada arzonlaşişi natijasida past baza effekti bilan tuşuntiriladi.

Şu bilan birga, iyul oyida göşt va sut mahsulotlari narxlarining örtaça kötarilişi kuzatildi.

Mol göşti narxi 1,2%ga, qöy göşti - 0,1%ga va sut - 2,2%ga qimmatladi, tovuq göşti esa, aksinça, 1%ga arzonlaşdi.

Eslatib ötamiz, iyun oyida mol göşti narxi 1,7 foizga, qöy göşti - 2,1 foizga ösdi. May oyida mol göşti va qöy göşti mos ravişda 5% va 3,7%ga qimmatlaşdi.

Şu bilan birga, tuxum sezilarli darajada arzonlaşdi (12,3%ga), bu ularning mavsumiy taklifi yuqoriligi va taşqi bozordagi savdolarning zaiflaşişi bilan boğliq.