«Jurnalistlarni himoya qiliş qömitasi» Xalqaro taşkiloti (CPJ) Markaziy Afrika Respublikasi (MAR), Rossiya va Birlaşgan Millatlar Taşkilotini uç nafar rossiyalik jurnalistning MARda öldirilişini har tomonlama tekşirişga çaqiradi. Bu taşkilotning bayonotida aytiladi.

«Orxan Jamol, Aleksandr Rastorguyev va Kirill Radçenkoning ölimida aybdor bölgan şaxslar javobgarlikka tortilişi kerak», - deyiladi bayonotda. 

Qömitadan qöşimça qilişlariça, MAR, Rossiya va Birlaşgan Millatlar Taşkiloti rasmiylari jiddiy tekşiruv ötkazişi va «jurnalistlarning öldirilişi jazosiz qolmasligi»ni isbotlaşi kerak.

Eslatib ötamiz, avvalroq Markaziy Afrika Respublikasida uç nafar rossiyalik jurnalist öldirilgani, ular «Vagner» guruhi haqida film olayotgan bölgani xabar berilgandi.