Massaçusets ştatining Blendford şahridagi barça tört politsiyaçi iste'foga çiqdi, deb xabar berdi CBS Boston.
Politsiyaçilar çidab bölmas iş şaroitlariga norozilik tarzida işdan böşaşdi. Aytişlariça, ular şahar böylab öz avtomaşinalarida patrul xizmatini amalga oşirişgan, çunki xizmat maşinalari yaroqsiz bölgan. Bundan taşqari, ular yaroqlilik muddati tugagan öq ötkazmaydigan zirhli nimçalardan ham nolişgan.
Ofitserlarning ta'kidlaşiça, mehnat şaroitlari şunçalik yomon bölganki, ularning işdan böşaşdan boşqa ilojlari qolmagan.
Hozirça politsiyaga yangi xodimlar olinmagan. Ularning vazifasini qisman ştat politsiyasi öz zimmasiga olgan.












