Buxoro viloyatining Romitan tumanida joylaşgan «Xöja Niyoz Xorazmiy» maqbarasi oldidan oqib ötuvçi zovurda quriliş işlari olib borilayotgan paytda suv ostidan X asrga taalluqli «Laq-Laqa» köprigi topilgan.
Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi matbuot xizmati xabariga köra, uşbu köprikni tadqiq qiliş uçun Toşkent Arxeologiya Tadqiqot Instituti mutaxassislari çaqirilib örganilganda, köprik X asrda qurilgani va XVI asrda qayta ta'mirlanganligi tasdiqlandi.

Mazkur hududda tadbirkor Nizom Huseynov tomonidan ekoturistik markaz yaratiş böyiça ham işlar olib borilmoqda. Bu yerga keluvçi turistlar kelajakda nafaqat qadimiy köprik qoldiqlarini, balki çöl hayvonlari boği, qadimiy uy namunasi va milliy hunarmandçilik mahsulotlaridan ham bahramand bölişadi.















