Argentinalik murabbiy Ektor Kuperning Özbekiston terma jamoasiga tayinlanişi aniq böldi hisob, 6 avgust kuni murabbiy muxlislarga rasman taniştirilişi kutilmoqda. Biz esa, fursatdan foydalanib, futbolda omadsizlik bobida «Benfika»dan ham «yomonroq» bölgan bu murabbiyning boy berilgan finallari haqida hikoya qilamiz.

1994 yil. «Urakan«», Argentina çempionati

«Urakan» – Buenos-Ayresdagi kiçkinagina klub, «Boka Xuniors» va «River Pleyt» yonida umuman sezilmaydi ham. Ammo 70-yillarda bu klub nomi tarixga muhrlangan, Sesar Luis Menotti aynan şu yerda özi körsatib, keyinçalik, Argentinani JÇ-78 ğolibiga aylantirgandi.

Ektor Kuper futbolçi sifatida «Urakan»da faoliyatini tugatdi, bir yil ötib, mavsum örtasida murabbiy sifatida qabul qilib oldi va haqiqiy sensatsiya körsatişiga yaqin bordi. 14-örinda yurgan jamoa Kuper bilan yuqoriga qadam taşlay boşladi va sönggi tur oldidan deyarli peşqadamga aylanib oldi. Deyarli.

Çunki sönggi turda «Urakan» bir oçko kam jamğarib, 2-örinda borayotgan «Independente» maydoniga safar qilişi kerak edi. Öyin 4:0 hisobida mezbonlar foydasiga hal böldi va şu tariqa 38 yoşli Kuper özining ilk oltinini boy berdi.

1998 yil. «Malorka», Ispaniya kubogi

Viktor Munosning örniga kelib, vaqtinça murabbiy vazifasini bajargan Tomeu Lompat «Malorka»ni Primeraga olib çiqqan bölsa-da, boş murabbiylik lavozimi unga tegmadi. Keyingi mavsum boşida «Lanus»dan Ektor Kuper çaqirildi.

Argentinalik mutaxassis boşçiligida «Malorka» juda kuçli mavsum ötkazdi. Jamoa öşa yilgi YeÇL ğolibi «Real»dan atigi 3 oçko kam jamğarib, beşinçi örinni oldi. Ispaniya kubogida esa, finalgaça borib, faqat penaltilar seriyasida Lui van Gaalning «Barselona»siga imkoniyatni boy berdi.

Öyinning 6-daqiqasida öng qanotdan yorib kirgan Gabriyel Amato Stankoviçni qulay vaziyatga çiqardi va «Malorka» hisobda oldinga çiqib oldi. Ikkinçi bölimda Rivaldo hisobni tenglaştirdi. Öyin davomida Kuper jamoasidan ikki futbolçi maydondan çetlatilganini va şu holatda ham «Malorka» qöşimça vaqtlarda mardonavor kuraşib, öyinni penaltilar seriyasigaça olib borganini e'tirof etiş lozim. Bu aslida katta muvaffaqiyat edi.

1999 yil. «Malorka», Kubok Egalari kubogi