Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Markaziy bank yil oxirida meva-sabzavot narxlari ko‘tarilishi mumkinligidan ogohlantirdi
Foto: Pixabay
2018 yilning ikkinchi yarmida inflyatsion xatarlar ham ichki, ham tashqi xarakterga ega bo‘ladi, deyiladi Markaziy bank hisobotida.
Ichki xatarlarga tartibga solinuvchi narxlarni yanada indeksatsiyalash, shuningdek, kreditlash hajmlari kengayishi va ish haqining oshishi sharoitlarida ichki talabning yuqori o‘sish sur'atlarini saqlab qolish kiradi.
Bu yerga yil oxirida meva-sabzavot mahsulotlari narxining mavsumiy oshishi ham kirib ketadi. Bundan tashqari, mahalliy meva va sabzavot ishlab chiqaruvchilarining eksport salohiyati ichki bozorda narx qimmatlashishi omiliga aylanishi mumkin - hammasi eksportga chiqadi va ichki ta'minot ancha qisqarishi mumkin.
Shu bilan birga, rejalashtirilgan ko‘rsatkichlarga nisbatan byudjyet xarajatlarining yuqori darajasi inflyatsiyaga bosim o‘tkazishi ham mumkin.
Hosildorlik o‘sishining past darajadagi davomiyligi bilan bog‘liq noaniqlik ham mahalliy tovarlar tannarxini kamaytirish bo‘yicha ishni ancha cheklaydi.
Ish haqi mehnat unumdorligi o‘sishidan tezroq sur'atlarda o‘sadigan bo‘lsa, inflyatsiyaga talab tomonidan qo‘shimcha bosim bo‘ladi.
Tashqi xatarlar orasida asosiy savdo hamkorlari bo‘lgan mamlakatlarda iqtisodiy faollikning zaiflashishi va O‘zbekistonning asosiy eksport pozitsiyalari bo‘yicha kon'yunkturaning yomonlashuvi.
Bu eksportdan valyuta tushumining pasayishiga olib kelishi mumkin va tashqi savdo balansi hamda so‘mning ayirboshlash kursiga bosim o‘tkazishi mumkin.
Bundan tashqari, jahonda neft narxlarining ko‘tarilishi import inflyatsiyasini oshirishi mumkin.
Bozorda qurilish materiallari, go‘sht, guruch va boshqa tovarlarga takliflarning yetarli emasligi bilan bog‘liq omillarning inflyatsion ta'siri zaiflashishiga ular importini kengaytirish yo‘li bilan erishish mumkin.
Shu bilan birga, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda ushbu mahsulotlarni barqaror ishlab chiqarish ichki salohiyatini oshirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar ular narx barqarorligining hal qiluvchi omili bo‘ladi.
Mavzuga oid
18:43 / 23.12.2025
Tadbirkorlarga ishlab chiqarish quvvatini oshirishga nimalar to‘sqinlik qilyapti?
13:00 / 23.12.2025
O‘zbekiston va Turkiya meva-sabzavot savdosidagi cheklovlarni yumshatishni muhokama qildi
20:36 / 19.12.2025
Markaziy bank 4 ta bankni jarimaga tortdi
12:57 / 15.12.2025