Amerika Qöşma Ştatlari Rossiya davlat qarziga qarşi sanksiyalar joriy qilgan taqdirda, dollar kursi kamida 73 rublgaça kötarilişi mumkin. Bu haqda Bloomberg Citigroup tahliliy hisobotiga tayangan holda xabar bermoqda.
Tadqiqotda aytilişiça, Vaşington «eng yomon ssenariyda», xususan, çet elliklarga federal qarz obligatsiyalarini sotib oliş taqiqlangan holda şunday qadamga borişi mumkin. Ta'kidlanişiça, federal qarz obligatsiyalaridan norezidentlar çiqadigan bölsa, ön yillik qimmatli qoğozlar yil oxirigaça 7.76 dan 8.61 foizgaça ösişi mumkin.
Bunday holatda, rubl kursi 15 foizga - bir dollar uçun 73 rublgaça qulaydi. Ayni paytda, yangi çiqarilgan obligatsiyalar böyiça sanksiyalar qöllaş rublning taxminan 5% - bir dollar uçun 65-66 rublgaça zaiflaşişiga olib keladi, deya ta'kidlaydi tahlilçilar.
«Yozgi tanaffus tufayli AQŞ Kongressi tomonidan heç qanday sanksiyalar kutilmayotgan bölsa-da, bunday çeklovlar keyinçalik amalga oşirilişiga doir xatarlar mavjud. Uşbu hodisa tufayli kelib çiqadigan kapitalning qöşimça çiqib ketişi oqibatida rubl zaiflaşişi mumkin», - deyiladi Citigroup hisobotida.












