2018 yilning 4 avgust kuni Hindiston Respublikasi taşqi işlar vaziri Suşma Svaraj Toşkentga taşrif buyuradi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda.

Hindiston delegatsiyasining Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilinişi kutilmoqda, deyiladi xabarda.

Şuningdek, taşrif dasturidan Hindiston TIV rahbarining Özbekiston Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi, hukumati va Taşqi işlar vazirligi rahbariyati bilan uçraşuvlari va muzokaralari ham örin olgan bölib, mazkur tadbirlar davomida Özbekiston – Hindiston hamkorligini yanada rivojlantirişning amaliy jihatlarini, şuningdek xalqaro kun tartibining dolzarb masalalarini muhokama qiliş közda tutilgan.