Özbekiston Respublikasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida «Özbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksining 32-moddasiga özgartiş kiritiş haqida»gi qonun loyihasi e'lon qilindi.
Özbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksining 32-moddasiga kiritilişi rejalaştirilayotgan özgartişlar:
1-modda. Özbekiston Respublikasining 1998 yil 24 dekabrda qabul qilingan 713-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Özbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksi 32-moddasi ikkinçi qismi quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“Turar joy mulkdorining oila a'zolari deb u bilan doimiy birga yaşayotgan xotini (eri) va ularning farzandlari tan olinadi. Er-xotinning ota-onasi, şuningdek, mulkdor bilan doimiy yaşayotgan oilali farzandlari va ularning xotinlari (erlari) agar ilgari bu huquqqa ega bölmagan bölsalar, faqat özaro kelişuvga binoan mulkdorning oila a'zosi deb tan olinişlari mumkin”.
2-modda. Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
davlat boşqaruvi organlari uşbu Qonunga zid bölgan öz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta körib çiqişlari va bekor qilişlarini ta'minlaydi;
uşbu Qonunning ijrosini, ijroçilarga yetkazilişini hamda mohiyati va ahamiyati aholi örtasida tuşuntirilişini ta'minlaydi.
3-modda. Uşbu Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuçga kiradi.












