«Akfa MEDLINE» köp tarmoqli tibbiyot markazida «Özbekiston kardiojarrohligida tarixiy özgarişlar» mavzusida anjuman ötkazildi.

Unda Soğliqni saqlaş vazirligi vakillari, kardiojarrohlik yönalişida faoliyat yuritayotgan şifokorlar, klinika xodimlari, şuningdek, OAV vakillari iştirok etdi.

Anjuman iştirokçilariga dastlab «Akfa MEDLINE» tibbiyot markazi va  uşbu markazda yurak-qon tomir kasalliklarini davolaşda qöllanilayotgan zamonaviy jarrohlik amaliyotlari töğrisida ma'lumot berildi.

Foto: Akfa Medline
Foto: Akfa Medline

Xususan, tibbiyot markazining yuqori malakali şifokorlari tomonidan qisqa vaqt içida turli murakkablikdagi 600 ga yaqin jarrohlik operatsiyalarini muvaffaqiyatli ötkazilgani qayd etildi.

Şunindek, tibbiyot markazida işlab turgan yurakda aortokoronar şunt örnatiş, Fallo tetradasini radikal korrektsiyasi, Bental de Bono, Aorta klapanini protez qiliş va boşqa murakkab operatsiyalar ham ötkazilmoqda.

Tadbirda turli yoşdagi bemorlarning operatsiyagaça bölgan ahvoli, zamonaviy uskunalarda qöyilgan taşxis va operatsiyadan keyingi holati ham tahlil qilindi.

Foto: Akfa Medline
Foto: Akfa Medline

- “Hamyurtlarimiz dardlariga şifo izlab, murakkab jarrohlik amaliyotlarini ötkaziş uçun xorijiy mamlakatlarga borişmoqda. Bizning asosiy maqsadimiz - rivojlangan davlatlarda amalga oşirilayotgan operatsiyalarni yurtimizda ötkaziş. Agar buning imkoni bölmasa, xorijlik mutaxassislarni Özbekistonga taklif qilib, tibbiyot markazimizda barça şaroitlarni ta'minlab berişdan iborat. Şu bilan birga, xususiy tibbiyotda jahon tan oladigan yetuk mutaxassislarni kamol toptiriş. Hozirgi kunda «Akfa MEDLINE» tibbiyot markaziga Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston va boşqa mamlakatlardan bemorlar taşrif buyurişmoqda. Bu orqali biz tibbiy turizm rivojiga ham öz hissamizni qöşmoqdamiz”, - deya ta'kidladi tibbiyot markazi rahbari Kamola Mirzaliyeva.