30-31 iyul kunlari «Masjid va madrasalar uçun kitob aksiyasi» doirasida Andijon viloyatining Baliqçi, Andijon, Xöjaobod, Buloqboşi tumanlaridagi 41 ta masjidga jami hisobda 50 mln sömlik 1681 ta kitob yetkazib berildi.

Masjidlarning har biriga «Qur'oni karim», şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining qalamlariga mansub, «Odoblar xazinasi» töplami, «Islom tarixi» töplami, «Hadis va hayot» kitobidan 9 ta juz, «Muhammad sollallohu alayhi vasallamga sodiq Muhammad sodiq», «Zikr ahlidan sörang» kitobining 5-qismi, «Oltin silsila» 4, 6-juzi, «Iymon«, «Oçiq xat» kitoblari, şu bilan birgalikda masjid ahli uçun kerakli deb hisoblangan «Ökinma», «Yengil amallar», «Hanafiy fiqhidan savol-jaovblar», «Dunyo va din odobi», «Til ofatlari», «Umrning bir lahzasi», «Baxtli hayot sari», «Ğiybat özi nima?», «Hazrati Nuhning kemasi va töfon voqeasi», «Muallimi soniy», «Men ham namoz öqiyman», kabi kitoblar Alloh yölida vaqf mulki qilib berildi.

Buloqboşi tumanida şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining padari buzrukvorlari 40 yildan oşiq vaqt davomida imomlik qilgan masjidga ham taşrif buyurdik. Uşbu masjidga ham vaqf qilingan kitoblar berildi.

Eslatib ötamiz, Töplangan mablağlar evaziga viloyatlardagi masjidlarga kitoblar olinadi va Alloh yölida vaqf qilinadi. Hozirgi kungaça 133 ta masjid ulamolar tomonidan yozilgan eng sara asarlar bilan ta'minlandi. Siz ham uşbu aksiyani qöllab-quvvatlang!