Özbekistonda aksiyadorlik jamiyatlari ustav fondining eng kam miqdori 400 million söm böladi. Bu haqdagi tegişli qonun loyihasi 2018 yilning 15 sentabriga qadar işlab çiqilişi lozim.
Bu prezident tomonidan tasdiqlangan mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oşiriş böyiça çora-tadbirlar dasturida belgilab qöyildi.
Qayd etilişiça, Raqobatni rivojlantiriş davlat qömitasi, prezident huzuridagi Loyiha boşqaruvi milliy agentligi, Iqtisodiyot vazirligi va Adliya vazirligi uşbu qonun loyihasini işlab çiqiş uçun mas'ul etib belgilandi.
Ma'lumot uçun: ilgari aksiyadorlik jamiyatlari ustav fondining minimal miqdori 1 mlrd 600 mln söm bölgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonda 1 oktabrdan yer uçastkasini 50 yilgaça muddatga ijaraga oliş mumkin bölişi xabar qilingandi.













