Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi Qoraqalpoğiston Respublikasining Beruniy tumanidagi «Şobboz» haftalik dehqon bozorida sodir bölgan voqea yuzasidan rasmiy ma'lumot berdi.

«2018 yilning 2 avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqalpoğiston Respublikasining Beruniy tumanidagi «Şobboz» haftalik dehqon bozorida öğrilikda gumonlangan şaxsning arqon bilan qöllaridan bozor kiriş darvozasi ustuniga osib qöyilgan holati videosi tarqatilganligi yuzasidan Qoraqalpoğiston Respublikasi Içki işlar vazirligi bergan ma'lumotga köra, holat şu yilning 1 avgust kuni soat 6.00lar atrofida fuqaro U.A. tomonidan sodir etilgani körsatilgan.

Fuqaro U.A. bozor hududida savdo qiluvçi odamlar tomonidan öğirlik sodir etganlikda şubhalanib uşlab turilgan fuqaro D.N.ni qöllarini arqon bilan boğlab, bozorning kiriş darvozasi ustuniga osib, fuqaro D.N.ning huquqlari va qonun bilan qöriqlanadigan manfaatlarini kamsituvçi harakatlar sodir etgan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro U.A.ga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 229-moddasi («Özboşimçalik») bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Fuqaro D.N.ning öğrilik jinoyatini sodir etgan yoki etmaganligi yuzasidan tergovda aniqlik kiritiladi va bu haqda tergov yakuniga köra qöşimça axborot beriladi», deyiladi xabarda.

Bundan avvalroq, ijtimoiy tarmoqda «Şobboz» bozoridagi voqea videosi tarqalgan, internet foydalanuvçilari uşbu «samosud» aktini qattiq qoralaşgandi.