Aynan mana şu savolga www.quora.com sayti foydalanuvçilari hayotiy misollar bilan original javoblar berişgan. Ular orasida George Tam ismli foydalanuvçi bergan javob öziga xosligi bilan ajralib turadi:
“Agar siz odamlar tomonidan odatda taşlab yuboriladigan narsani biror foydali va qiymatga ega buyumga aylantira olsangiz, köp pul işlaysiz. Jake McKeon ham aynan şuni amalga oşirdi. U Indoneziyaning Bali şahrida dam olayotganida ustiga rasm çizilgan kokos yonğoği sotilayotganini kördi. Har yili milliardlab kokos yonğoqlari yetiştiriladi, yonğoq pöstloğining 99 foizi taşlab yoki yoqib yuboriladi. Şuning uçun unga yonğoqlar ustki qismini silliqlab, idişlarga aylantiriş fikri keldi. Uning şaxsiy 500 AQŞ dollar mablaği evaziga boşlagan işi million dollarlik biznesga aylanib ketdi. U yonğoq pöstloqlarining har birini bepul oldi va 100 ming donadan ortiq kokos yonğoği pöstloğining har bir donasini 12,95 AQŞ dollaridan sotdi. U hatto Shark Tank Shark Tank (Australia) televizion şousida ham iştirok etdi hamda investitsiya sifatida 300 ming AQŞ dollariga ham ega böldi. Mana bunga nima deysiz?”.



Nima ham derdik, işbilarmonlik qobiliyatiga ega odam qalovini topib, qorni yondira olişiga yana bir bor guvoh böldik. Qoyil!










