Yaqin kelajakda Tojikiston Özbekistonning Surxondaryo viloyati hududida yangi sement zavodini qurişga kirişadi, deb xabar qilmoqda «ASIA-Plus».
«Zavod Tojikistonda sement işlab çiqariş bilan şuğullanuvçi xususiy kompaniya hisobiga quriladi, - deya ma'lum qildi respublika iqtisodiy rivojlaniş va savdo vaziri Ne'matullo Hikmatullazoda. - Tojikiston xususiy biznesining qöşni davlat iqtisodiyotiga investitsiya kiritiş niyatini qöllab-quvvatlaymiz».
Uning sözlariga köra, Tojikiston va Özbekiston örtasidagi tovar aylanmasini yaqin kelajakda yiliga bir milliard dollargaça yetkaziş möljallanmoqda.
«Bu Toşkent va Duşanbe örtasidagi munosabatlar sönggi paytlarda tubdan özgargani tufayli yuz beradi», - deya qayd etib ötdi vazir.
Uning ta'kidlaşiça, Tojikiston va Özbekiston örtasidagi tovar ayirboşlaş hajmi joriy yilning olti oyi davomida 128,3 million dollarni taşkil etdi. Bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 69 million dollarga köp.












