Özbekiston Respublikasi prezidenti “Özbekiston Respublikasida soğliqni saqlaşni boşqarişning innovatsion modelini joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorni imzoladi. 

Hujjat bilan Özbekiston Respublikasi Innovatsion soğliqni saqlaş milliy palatasi taşkil etilişi belgilab qöyildi. Quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilandi:

respublika soğliqni saqlaş tizimini rivojlantiriş strategiyasini, ilğor xalqaro standartlar va jahondagi eng yaxşi amaliyotni hisobga olgan holda soğliqni saqlaşni boşqarişning innovatsion modelini joriy etiş böyiça takliflarni işlab çiqiş;

zamonaviy klinik qöllanmalar va protokollar, diagnostika va davolaş sifatiga oid standartlar, şuningdek, moddiy-texnik jihozlaş standartlarini işlab çiqişni taşkil etiş, ularning öz vaqtida joriy etilişini monitoring qiliş;

zarur statistik axborot bilan ta'minlaş maqsadida tibbiyot statistikasini töplaş va tahlil qiliş tizimini takomillaştiriş va raqamlaştiriş, şuningdek, statistik körsatkiçlarni manipulyatsiya qiliş imkoniyatini istisno etadigan xalqaro standartlar va metodikalarni joriy etiş;

respublika şifokorlari va provizorlarini röyxatga oliş tizimini joriy etiş, şuningdek, umumiy foydalaniş uçun oçiq bölgan yagona elektron ma'lumotlar bazasini şakllantiriş va yuritiş;

xalqaro standartlarga javob beradigan soğliqni saqlaş infratuzilmasini yaratişga, şu jumladan, tibbiyot va farmatsevtika taşkilotlarini zamonaviy uskunalar bilan jihozlaş va ilğor axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etiş uçun moliyaviy mablağlar jalb etişga, şuningdek, soğliqni saqlaş sohasida yangi taşkilotlar taşkil qilişga kömaklaşiş;

tibbiyot xodimlarining obrösini, uşbu kasb nufuzi va mamlakatimiz soğliqni saqlaş tizimiga bölgan işonçni oşiriş, tibbiyot xodimlariga odob-axloq qoidalarini singdiriş, korrupsiya körinişlariga barham beriş va ularning oldini oliş, şuningdek, ularning kasbiy faoliyati ustidan jamoatçilik nazoratini ta'minlaş çoralarini köriş;

tibbiyot xodimlari kasbiy malaka darajasi, şuningdek, ularning könikmalari zamonaviy talablar va jahonning eng yaxşi amaliyotiga muvofiqligi ustidan, şu jumladan, ular faoliyatini yakka tartibda litsenziyalaşni joriy etiş orqali ta'sirçan monitoring tizimini yölga qöyiş;