Maşinasozlik, jumladan avtomobilsozlik sanoati har qanday rivojlangan iqtisodiyotga ega bölgan davlat uçun barqarorlik kafolati deyiş mumkin. Çunki, aynan avtomobil işlab çiqariş jarayonida juda katta kuç sarflanadi va sohada köplab iş örinlari barpo etiladi. 

Bir neça kun avval Xalqaro Press klubda “Özavtosanoat” AJ va özbek avtomobilsozligi vakillari iştirokida sessiya bölib ötdi. Unda kompaniya oğir iqtisodiy ahvolda bölgani sababli GM Uzbekistan mahsulotlari narxini 14 foizga oşirişga qaror qilingani aytildi. Keyinçalik, AJ boşqaruvi bu qaror ijrosini Özbekiston raqobatni rivojlantiriş davlat qömitasi örganib çiqayotgani bois töxtatib turiş kerak, degan töxtamga keldi. 

Biz öz navbatida öquvçilarimiz e'tiboriga “Yirik avtosanoatlar tarixi” turkum maqolalarini havola qilişni, unda, garçi bu mavzuda juda köp va xöp gapiriş mumkin bölsa-da, Janubiy Koreya, Germaniya hamda Xitoy avtomobilsozlari erişgan natijalar xususida ma'lumot berişni maqsad qildik. Demak, navbat dunyo avtosanoatida öz söziga ega bölgan Germaniya avtomobilsozligi haqida.

Germaniya davlati qaysi soha rivoji bilan barqaror daromad manbaiga ega böldi, deyilsa, heç ikkilanmasdan nemis avtosanoatini körsatiş mumkin. Heç kimga sir emaski, Germaniyada işlab çiqilgan avtomobillar butun dunyoda ma'lum va maşhur, ularga talab yuqori. Yer şarining istalgan nuqtasida Volkswagen, Audi, Porsche, Mercedes-Benz, Opel va  BMW kompaniyalari işlab çiqargan turli avtomaşinalarni uçratiş mumkin. 

Foto: getty images

Germaniya avtomobilsozligi muvaffaqiyatining siri şundaki, bu yerda işlab çiqilgan maşinalar haqiqiy nemis maşinalaridir. Dunyodagi ilk içki yonuv dvigateli ham aynan şu yerda Karl Bents va Nikolas Otto tomonidan bir-biridan mustaqil ravişda ixtiro qilindi. Ğildirakli kajavaga motor örnatilişi natijasida birinçi maşina ham şu yerda paydo böldi. 20-asr ostonasida Germaniya köçalarida 900ta avtomobil harakatlanar edi. Bundan yuz yillar avval asos solingan kompaniyalar bugungi kunda yirik konsernlarga aylanib ulgurgan. Ular milliy iqtisodiyotning işonçli poydevori bölib xizmat qilmoqda. 

Germaniya Yevropa avtomobilsozlari orasida yetakçi bölsa-da, jahon miqyosida Xitoy, AQŞ va Yaponiyadan keyingi örinda turadi. Biroq germaniyalik avtosanoatçilar sifatga köproq urğu berişgani uçun ham songa kamroq e'tibor qaratişadi. Şu boisdan ham bu mamlakat maşinalari eng işonçli transport vositalari hisoblanadi.