Amerika Qöşma Ştatlari va Buyuk Britaniyadan bölgan xalqaro olimlar guruhi qadimgi Mayya sivilizatsiyasi uzoq va oğir qurğoqçilik tufayli halok bölgan bölişi mumkinligini aniqladi. Bu haqda Science Alert’dagi matbuot uçun xabarnomada aytiladi.

Ma'lumki, eramizning IX asrida mayya aholisi kamayib ketgan, şaharlarda yaşovçi odamlar u yerlardan çiqib ketgan va suv ta'minoti tizimlari buzilgan. Olimlar sivilizatsiyaning yöq bölib ketişiga sabab sifatida tuproq unumdorligi pasaygani va içimlik suvi yetişmovçiligi, Markaziy Amerika boşqa xalqlari tomonidan hujumlar yoki epidemiya bilan boğliq bir neça farazlarni taklif qilganlar.

Tadqiqotçilar, mayya sivilizatsiyasi vaqtidagi iqlim şaroitini aniqlaş uçun Yukatan yarim orolida joylaşgan Çiçançanab köli çökindilarini tahlil qilişdi. Uzoq muddatli qurğoqçilik şaroitida kölda suv miqdori sezilarli darajada qisqaradi, natijada içida suv bölgan gips kristallari paydo böladi.

Olimlarning aniqlaşiça, eramizning 800-1000 yillari davomida yoğingarçilik miqdori 70 foizga kamaygan. Qurğoqçilik Örta asrlardagi iqlim darajasiga töğri keldi - Şimoliy yarim şardagi nisbatan issiq iqlim, u quyoş faolligi oşişi va vulqon otilişlari sonining kamayişi sabab yuzaga kelgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Bermud uçburçagida kemalarning yöqolib qoliş siri oşkor qilingandi.