Şu yilning 27 iyul kunida Samarqand viloyati, Jomboy tumani «Olmazor» mahallasida yaşovçi A.N ov qurolidan otilgan öqdan jarohat olgan holda şifoxonaga yotqizilgan.
Jomboy tumani IIB navbatçilik qismiga 27 iyul kuni soat taxminan 23:00da kelib tuşgan murojaatda şu kuni soat taxminan 20:00 atrofida Jomboy tumanida yaşovçi A.N «Olmazor» mahallasi hududida joylaşgan «Zarafşon qöriqxonasi» hududida yöqolgan molini izlab yurgan vaqtida noma'lum şaxs tomonidan otilgan öqdan jarohatlanib, tuman markaziy şifoxonasiga joylaştirilgani aytilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jomboy tumani prokuraturasi Jinoyat kodeksining 25,97-moddasi 1-qismi bilan jinoiy iş qözğatib, tergov harakatlari boşlagan.
Mazkur qottillik jinoyatiga suiqasd qiliş jinoyati böyiça jalb qilingan viloyat IIB JQB va tuman IIB xodimlari hamda prokuratura xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor suriştiruv işlari natijasida mazkur jinoyat 1992 yilda tuğilgan, Jomboy tumani, «Olmazor» mahallasi, «Yerteşar» qişloğida yaşovçi M. A tomonidan sodir etilgani aniqlangan.
Gumondorning körsatmalaridan ma'lum bölişiça, u öz jabrlanuvçisi A.N qişloği yonidagi «Zarafşon qöriqxonasi»ga kirib ketganini körib, 2018 yil 27 iyul kuni soat taxminan 20:00 larda ularning örtasidagi bölgan nizo, ya'ni A.M. unaştirilgan qizini nomiga doğ tuşiruvçi gaplarni aytganligi sababli A.N.dan öç olişni maqsad qilgan.
U uyida heç bir qonuniy hujjatlarsiz saqlanayotgan ov miltiğini olib, yonida bölgan A.H. bilan birga jabrlanuvçini qöriqxonadan çiqişini kutgan. Oradan taxminan 10-15 daqiqa ötgaç, jabrlanuvçi A.N. qöriqxonadan mahallasiga osma sim köprikdan ötayotgan vaqtida A.M. qölida bölgan ov quroli bilan A.N.ga öq uzib, tan jarohati yetkazgangan.

2018 yil 2 avgust kuni gumonlanuvçi A.M.ning körsatmalari voqea joyida tekşirilganda, «Zarafşon qöriqxonasi»da butalar orasidan ov miltiği, gilzasi hamda gumondorlar jinoyat sodir etgan vaqt davomida egnida bölgan kiyimlari «Mirzaariq» kanali yoqasidagi malina ösimligi orasidan daliliy aşyo sifatida hujjatlaştirib olingan.












