Toshkent shahrida avvalroq yopiq bo‘lgan yana bir ko‘chalardan birida avtotransportlar harakati yo‘lga qo‘yiladigan bo‘ldi. Bu haqda poytaxt IIBB axborot xizmati xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, bugun, 4 avgust kuni Bo‘zko‘cha ko‘chasining Buyuk ipak yo‘li ko‘chasiga tutashgan qismida transportlar harakatini tiklash ishlari boshlab yuborilgan. 

“Ushbu ko‘chaning ochilishi haydovchilar uchun qo‘shimcha qulaylik yaratishi shubhasiz”, - deyiladi IIBB xabarida.