Duşmandan ğolib bölişning eng oson yöli – uni döst tutiş.
Ojiz fikrimizga suyanib, duşmanning bizga qilgan adovatiga adovat bilan javob qaytarsak, göyo özimizni ğolibdek tutamiz. Bu qisman töğri. Ammo uning xömraygan yuziga kulib boqişimiz bizga ğoliblik hadya qilişidan xabardormizmi? Agar u çindan duşman bölsa, tabassumimiz uning qalbiga nayzadek sançiladi, kutgan narsasi yuz bermagani alam qiladi. Alamzadalik mağlublik nişonasidir. Ayni paytda bu holatni tomoşabin bölib kuzatayotganlar uçun bizni tuşuniş tomon yöl oçiladi, xolis guvohlar biz tomon qadam bosadi, bizga qöşiladi. Demak son jihatidan duşmanimizdan ustunlikka erişamiz. Ğoliblikning şartlaridan biri esa sonning köpligidir. Lekin ğoliblik naşidasini çinakam totişning bundan ham osonroq va afzalroq yöli – duşmanimizni döst tutmoqligimiz. Duşmanni döst tutiş, bamisoli ulkan çinor, unga bas keliş qiyin, uni yengiş imkonsiz iş. Natijada, endi duşman uçun yagona töğri yöl qoladi – döstlikka döstlik bilan javob qaytariş. Qarabsizki, bu bilan jaholatning payi qirqiladi, hatto qon tökilişining oldi olinadi.
Zahiriddin Mansur
Yangi loyiha: Toşni teşgan tomçilar















