Joriy yilning 8 avgust kuni Jizzax viloyati Döstlik tumani, "Ğofur Ğulom" mahalla fuqarolar yiğinida istiqomat qiluvçi, 1971 yil tuğilgan L.S. tuman içki işlar bölimiga murojaat qilgan.
Jizzax viloyati IIB axborot xizmati xabariga köra, u noma'lum şaxslar yaşaş uyidan 35 million söm pul va 13 dona har xil turdagi taqinçoqlarini öğirlab ketganini bildirgan.
Holat yuzasidan tuman IIB jinoyat qidiruv bölimi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida, mazkur jinoyat "Navröz" mahalla fuqarolar yiğinida istiqomat qiluvçi, 1994 yilda tuğilgan A.N. va "Ğofur Ğulom" mahalla fuqarolar yiğinida istiqomat qiluvçi, 1994 yilda tuğilgan I.B. tomonidan sodir etilgani aniqlandi.
Gumondorlardan 5 million söm pul hujjatlaştirib olingan.
Qayd etilişiça, har ikkala ayblanuvçi ham muqaddam jinoyat sodir etişgan.
















