Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda gazdan beruxsat foydalangan, hisoblagich va plombalarni atayin buzgan shaxslar ikki baravar haq to‘lashi mumkin
Foto: Pixabay
Majburiy ijro byurosi Tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish tashabbusi bilan chiqdi. Vazirlar Mahkamasi qarorining loyihasi Qonun hujjatlari ta'sirini baholash tizimi portalida muhokama qilinmoqda.
Qoidalarga ulgurji iste'molchilar tomonidan gaz ta'minoti tarmoqlariga ruxsatsiz ulanish, hisoblagichlarni atayin buzish va plombalarni uzish faktlari aniqlanishi hollari to‘g‘risidagi normalarni qo‘shimcha qilish taklif etilmoqda, deb yozadi Norma.
Barcha hollarda iste'mol qilingan gaz hisob-kitobini iste'molchi rasman davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab (tegishli tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lganda), biroq da'vo muddatidan (3 yil) ortiq bo‘lmagan davr mobaynida ulangan gazdan foydalanish uskunasi sutkasiga 24 soat ishlashi hisobidan kelib chiqib amalga oshirish taklif etilmoqda.
To‘lovni quyidagi miqdorlarda belgilash taklif etilmoqda:

Bunda ruxsatsiz ulanib foydalanilgan gaz hajmi qiymatining undirib olinishi iste'molchini mazkur huquqbuzarlik uchun ma'muriy va jinoiy javobgarlikdan ozod etmaydi (MJTKning 101-moddasi, JKning 185²-moddasi). Bunday iste'molchi darhol gaz ta'minoti tarmoqlaridan uzib qo‘yiladi.
Loyiha rad etilishi, unga qo‘shimcha kiritilishi yoki o‘zgartirilishi mumkin.
Mavzuga oid
09:00 / 10.05.2026
Bekor bo‘lgan peshlavha “solig‘i”, anti-SLAPP zarurati va SSVda iste’folar - hafta dayjesti
22:31 / 05.05.2026
Mart oyida 2,7 mlrd kub gaz qazib olindi. Bu o‘tgan yilning mos davridagidan 30 foizga kam
19:41 / 03.05.2026
O‘zbekistonda joriy yilda 4,3 mlrd kVt soat elektr va 2,8 mlrd metr kub gazni tejash maqsad qilindi
11:12 / 21.04.2026