Braziliyaning sobiq prezidenti Dilma Russeff federal senat – milliy kongress yuqori palatasiga saylovlarda qatnaşişini tasdiqladi.
"Men Minas-Jyerays ştatidan senatorlikka nomzodimni qöyaman. Men Mehnat partiyasi va bizni qöllab-quvvatlaşni istayotgan boşqa partiyalar bilan birgalikda saylovda kuraş olib boraman", - dedi sobiq davlat rahbari.
Avvalroq uning partiyadoşi va yana bir sobiq prezident Luis Inasiu Lula da Silva Mehnat partiyasi tomonidan davlat rahbarligiga nomzod etib körsatilgandi.
Dilma Russeff 2016 yil 31 avgustda impiçment tufayli iste'foga çiqarilgandi. Bir neça soatdan söng avvalgi ma'muriyatda vitse-prezident sifatida faoliyat körsatgan Mişel Temer rasman prezidentlikka kirişgandi.
Braziliyada 7 oktabrda prezident, parlament va gubernatorlik saylovlari bölib ötadi.
Braziliyaning sobiq prezidenti Russeff senatorlik uçun kuraşadi
04:01 / 05.08.20184 1571 min

















