Jadallik bilan özgarayotgan dunyo hozirgi kunda xatolarni keçirmaydi. Endi rivojlaniş yöliga kirayotgan davlatda esa xatolar yanada ayançli oqibatlarga olib keladi. Şunday xatolardan biri korrupsiyadir.

Bu illatning bir neça körinişlari, turlari mavjud. Bular bir-birlaridan ma'lum ma'noda farq qilsa-da, oqibati hamişa fojialidir. Korrupsiyaning eng xavfli körinişlaridan biri bu – nepotizmdir.

Nepotizm özi nima?

Nepotizm sözi uzoq tarix, “Renessans Italiyasi”ga borib taqaladi. Uşbu davrda Rim papalari öz hokimiyatini mustahkamlaş maqsadida yuqori çerkov mansablarini özining qarindoşlariga “ulaşgan”. Birinçi bölib Papaning jiyanlari bu “himmat”ga munosib körilgan. Söngra, sekin-asta ularning öğillari va boşqa qarindoşlar bundan “bahramand” bölişgan va buni ortidan bir neça sulolalar paydo böldi (Orsini, Mediçi, Bordja). Keyinçalik XVII asrda Rim Papasi Innokentiy XII davrida kardinallar tarkibida faqat bir “nepot” bölişi belgilab qöyildi.

Italyançada “jiyan” sözi nepotismus hisoblanadi. Şu sababli, qarindoş-uruğçilikning nepotism sifatida atalişi dunyo hamjamiyatida ommalaşdi.

Tarix tilga kirganda

Nepotizmga tarixdan misollar keltiradigan bölsak, sobiq ittifoq davlatida Brejnev davri bu illat juda avj olganligi bilan eslanadi. Hattoki, xalq orasida şunday qoçirim gap yurgan: “Bu yerda begonalar yurmaydi” (çujiye zdes ne xodyat). Partiya va davlatning yuqori lavozimlari “begona” qilinmagan.

Özining inson huquqlari va demokratiya himoyaçisi sanalmiş AQŞ davlati ham bu illatdan begona emas. Masalan, Ullis Grant davrida uning qarindoşlari oz emas köp emas 40 mansabga “munosib” körilgan. Buşlar oilasi davrida bunday röyxatga misollar köp. Masalan, Federal Saylov Komissiyasi raisligi, boş mehnat prokurori, Mehnat Kotibi, Menejment va Budjet taşkiloti boş konsuli kabi mansablar amaldorlarning qarindoşlariga “işonib topşirilgan”.

XX asr Yaqin Şarqda korrupsiyaning bu körinişi juda urf bölgan. Buni ayniqsa Iroq davlatida Saddam Husayn paytida yaqqol körişimiz mumkin. Muammar Kaddafiyning öğli esa mamlakat futbol federatsiyasini boşqargan.

Taklif

Şarq falsafasi har bir jabhada boşqa sivilizatsiyalarga örnak bölişi mumkin. Bu mavzuda ham Xitoy falsafasi otasi Konfutsiy ta'limotidan javob topiş mumkin. Uning ta'limotiga köra, bu illatni oldini oliş uçun avvalo ta'lim sohasiga e'tibor qaratiş lozim. Oliy ta'lim, örta maktabdan taşqari aynan rahbarlik uçun maxsus ta'lim joriy etilgan. Biror lavozimga tayinlanişi uçun albatta Imperator imtihonidan ötişi lozim bölgan.