U makkajöxori sotiş uçun har yili uç oyga Toşkentdan Ostonaga keladi. Ilk bor Ostonaga kelganida hali bola edi. Öşandan buyon oradan 16 yil ötdi. Tengrinews.kz özbekistonlik Bolatbek Botirxanov bilan suhbat qurdi.
“Bu yerliklar meni jöxorifuruş deb ataşadi”, - deydi u jilmayib. Uning yonida qaynoqqina jöxori solingan katta qop va “Kukuruza varenaya”, "QQ.RU.ZA", "SYRAYa tojye yest" kabi yozuvlar bitilgan öziga xos reklamasi joylaşgan.
“Ha, hamma mana şu yozuvlarga e'tibor qaratadi. Atayin odamlarni jalb qiliş uçun şunaqa deb yozib qöyganman”, - deydi Bolatbek.
“Ön ikki yoşimdan beri jöxori sotaman, hozir 28daman, - deydi u. – Ostonaga birinçi marta 2002 yilda kelganman, onamga yordamlaşardim. Vaqt ötib özim keladigan böldim”.
Iyundan sentabrgaça davom etadigan mavsumdan söng u Toşkentga qaytadi.
“Universitetni bitirganman, mutaxassisligim boşlanğiç harbiy tayyorgarlik öqituvçisi. Toşkentga qaytganimda agar böş örin bölsa öqituvçilik qilmoqçiman”, - deydi Botirxonov.
Bolatbek ertalab velosipediga qopini joylaydi va savdo nuqtasiga qarab yöl oladi.
“Ijarada yaşayman. Kuniga 500 tenge tölayman. Bu oyiga 15 ming degani. Kuniga tölaganim yaxşi, mabodo qöqqisdan ketişim kerak bölib qolsa, tuşunmovçiliklar bölmaydi”, - deydi u.
Uning aytişiça, bir oyda köpi bilan 150 ming tenge pul topadi.
















