Buyuk Britaniya hukumati bu yil mudofaaga xarajatlarni 1 milliard dollarga köpaytirişni rejalaştirmoqda, deb yozadi Britaniyaning The Times gazetasi öz manbalariga tayangan holda.
Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Gevin Uilyamson mudofaa byudjyetini oşiriş uçun kuraşmoqda. Ta'kidlanişiça, ayni paytda mahkama yiliga kamida 2,5 milliard dollarlik byudjyet taqçilligiga çidamoqda, bu harbiy samolyotlar, sun'iy yöldoşlar, kemalar va suv osti kemalarini sotib oliş rejalarini bekor qiladi.
Times’ning yozişiça, Buyuk Britaniya jamoatlar palatasi mudofaa xarajatlarining yalpi içki mahsulot hajmi 2%idan 3%iga, ya'ni yiliga 25,9 mlrd dollar miqdorida oşirişni ma'qulladi. Şunga qaramay, Britaniya mudofaa mahkamasining rahbari fikriça, bu mablağlar yetarli emas. U qöşimça yana 5 milliard dollar söramoqda.
Gazetaning qayd etişiça, mudofaa byudjyetining oşirilişiga konservativ parlamentariylar orasida norozilik tahdidi ta'sir qilgan. Britaniya hukumati a'zolaridan birining Times’ga aytişiça, agar harbiy mahkamaning qöşimça pul borasidagi talabi qanoatlantirilmasa, 50ga yaqin parlamentariy şu yilning kuzida hukumatning qaroriga qarşi çiqişga tayyor. Buyuk Britaniyaning imkoniyatlarini, şu jumladan, harbiy texnika yetişmasligi bilan boğliq xavotirlar oşib borayotgani fonida şunday isyon tahdidi kuçayib bormoqda. Uaytxolldagi (Birlaşgan qirollik hukumati) manbaning ta'kidlanişiça, Mudofaa vazirligini moliyalaştirilişi böyiça bosimni kamaytiriş rejalari körib çiqilyapti.
Şu bilan birga, Britaniya Mudofaa vazirligining fikriça, mamlakat Yevropa davlatlari orasida eng katta harbiy byudjyetga ega va unga NATO tomonidan YaIMning 2 foizi miqdorida ajratiş böyiça tavsiyasidan köproq ajratmoqda.












