Internet tarmoğida 15ta avtomobilning yöl harakati qoidasini buzgan holda yölning qarama-qarşi tomonidan harakatlangani aks etgan videoregistrator tasviri joylaştirilgan edi. Suriştiruv natijasiga köra, uşbu holat Toşkentning Baynalmilal köçasida sodir bölgani aniqlandi. Gazeta.uz sayti ham şunga öxşaş yana bir videolavhani çop etgan va unda ham 10ta avtomobilning ayni qoidani buzgani muhrlangan, deb xabar bermoqda poytaxt IIBB.
Ayni vaqtda Toşkent şahar IIBB YHXB tomonidan uşbu videolavhadagi qoidabuzarlarga nisbatan çora köriş işlari olib borilmoqda. Jumladan, tasvirdagi avtomobil haydovçilarining şaxsi aniqlanib, ularning manzillariga qoidabuzarlik haqidagi bayonnomalar yuborilmoqda. Hozirga qadar 15 nafar haydovçiga nisbatan bayonnomalar rasmiylaştirilgan.
Eslatib ötamiz, Yöl harakati qoidalariga köra, 4 va undan ortiq polosali ikki tomonlama harakat taşkil etilgan yöllarda qarama qarşi tomonga ötiş taqiqlanadi. Uşbu qoidani buzgan şaxslarga nisbatan EKIH 10 baravari miqdorida jarima belgilanadi. Mazkur qoidabuzarlik ma'muriy çora körilganidan keyin bir yil davomida qayta sodir etilsa, EKIHning 20 baravari miqdorida jarima yoki bir yilgaça transport vositasini boşqariş huquqidan mahrum qilinadi.












