Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda ko‘cha chiroqlari va yo‘l belgilari energiyaning muqobil manbalariga o‘tkaziladi
O‘zbekistonda ko‘cha chiroqlari va yo‘lni tartibga soluvchi texnik vositalar bosqichma-bosqich energiyaning muqobil manbalariga o‘tkaziladi. Bu Vazirlar Mahkamasining Avtomobil yo‘llari infratuzilmasini yanada rivojlantirish va yo‘l harakatini tashkil etish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorida aytilgan.
Ilk sinov loyihalari 2019 yilda paydo bo‘ladi. «Toshkent — Samarqand» yo‘nalishi bo‘ylab uzunligi 5 kilometr bo‘lgan M-39 avtomobil yo‘llari uchastkalari va «Guliston — Dashtobod» yo‘nalishi bo‘ylab uzunligi 5 kilometr bo‘lgan M-34 avtomobil yo‘llari uchastkalari quriladi hamda rekonstruksiya qilinadi.
Ishlar davomida energiyaning muqobil manbalari asosida ko‘cha chiroqlari va yo‘lni tartibga soluvchi texnik vositalar, svetodiodlar va nur qaytargichlardan foydalangan holda yo‘l belgilari o‘rnatiladi.
Shuningdek, avtomobil yo‘llari atrofidagi hududlar landshafti loyihalashtiriladi va ularni ko‘kalamzorlashtirishning zamonaviy elementlari o‘rnatiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda yo‘l bo‘yidagi infratuzilma obektlarini qurish uchun tadbirkorlik sub'yektlariga yer uchastkalari berish, shuningdek, ularning zimmasiga avtomobil yo‘llari atrofidagi hududlarni ko‘kalamzorlashtirish va obod qilish majburiyatlarini yuklash, davlat-xususiy sheriklik mexanizmini joriy etish bo‘yicha taklifni ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Yo‘l infratuzilmasini loyihalashtirish va undan foydalanish sohasidagi Tsindao shahrining Loyihalash va rejalashtirish instituti (Xitoy Xalq Respublikasi) bilan hamkorlik tashkil etiladi.
Mavzuga oid
22:18 / 05.07.2026
Iyunda sabzavotlar narxi tushdi, energiya va benzin qimmatlashdi - Statqo‘m
10:30 / 04.07.2026
O‘zbekistonda 11 ta chiqindidan energiya ishlab chiqarish zavodi quriladi
08:16 / 19.06.2026
Qaysi davlatlar energiyani iste’mol qilganidan ko‘proq ishlab chiqaradi?
18:57 / 15.06.2026