Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 2017 yil 28 dekabr kuni «2018 yilda rasmiy sanalarni nişonlaş davrida qöşimça işlanmaydigan kunlarni belgilaş va dam oliş kunlarini köçiriş töğrisida»gi farmoni asosida Yangi yil, Navröz va Mustaqillik bayramlari arafasida ketma-ket 5 kunlik dam oliş kunlari belgilangan edi.
Mazkur farmon asosida avgust hamda sentabr oyida ham köçirilgan dam oliş kuni mavjudligini hisobga olib, amaliyotda yuzaga kelişi mumkin bölgan tuşunmovçiliklarning oldini oliş maqsadida uşbu masala yuzasidan qisqaça şarh berib ötiladi.
Eng avvalo haftadagi iş kunlari soni dam oliş kunlariga ta'sir qilişini unutmaslik kerak. Ya'ni haftasiga 5 kun yoki 6 kun işlaydigan xodimlarning dam oliş kunlari örtasida tafovut böladi.
Qurbon hayiti kunida dam oliş qanday taşkil qilinadi?

Ötgan safar Ramazon hayitida dam oliş kunlarining taqsimlanişi haqida ma'lumot bergan edik.
Şu örinda yaqinlaşib kelayotgan Qurbon hayiti haqida ham tuşuntiriş berib ketmoqçimiz.
Yil boşida ijtimoiy tarmoqlarni kuzatar ekanmiz, köpçilik Prezident farmonidagi faqat Yangi yil, Navröz, Mustaqillik bayramlari arafasidagi köçirilgan dam oliş kunlariga e'tibor berişgan edi. Lekin avgust oyining sönggi 10 kunligida köçirilgan dam oliş kunlari nazardan çetda qolgandi. Farmonga köra, 25 avgust – şanba 23 avgust – payşanbaga hamda 26 avgust – yakşanba esa 24 avgust – jumaga köçirilgan.
Mazkur köçirişlar ayrimlar öylagandek Mustaqillik bayramiga aloqador emas. Aksinça, bu muqaddas Qurbon Hayiti bayrami arafasida aholiga qöşimça qulayliklar yaratiş bilan boğliq.
Uşbu özgarişlardan anglaşiladigan birinçi jihat şundaki, 2018 yilda özbekistonlik xodimlar köçirilgan dam oliş kunining hisobiga bir marta yakşanba kuni ham işga çiqişlari kerak böladi. Aniqroği 26 avgust – yakşanba kuni ommaviy iş kuni sifatida e'lon qilinib, uşbu dam oliş kuni 24 avgust – juma kuniga köçirildi.


















