Diyego Simeone jamoasi La Liganing yangi mavsumida nima uçun «oltin medal»larni qölga kiritişi kerakligini körib çiqamiz.

«Real»ni Zinedin Zidan tark etib uning örniga Xulen Lopetegi taklif etilişi ortidan Ispaniya terma jamoasi Rossiyadagi jahon çempionatida muvaffaqiyatsizlikka uçrab, «Real»dan Kriştianu Ronaldu ham Italiyaga ketib, «Barselona» odatdagi kabi özi istagan futbolçilarni transfer qila olmay yurganida «Atletiko» imi-jimida tarkibni kuçaytirib, yangi mavsumga hozirlandi. 

Bu tayyorgarlik bir qator qadamlarni öz içiga oladi, bu qadamlardan keyin aytiş mumkinki, «Atletiko» çin ma'noda Ispaniya çempionati favoriti. «Barselona» ham, «Real» ham hozirda bunday barqaror kuçli tarkibga ega emas. Demak, bu tarkib uçun «matrasçilar»ning rahbarlari nimalar qilişdi?

Grizmann tarkibda saqlab qolindi

Asosiy yutuq sifatida «Atletiko»ning keyingi yillardagi yulduzi, jahon çempioniga aylanganidan keyin futbolçi sifatida yanada ösgan Antuan Grizmann bilan şartnoma uzaytirilganini aytiş mumkin. Holbuki, keyingi bir yil davomida uning «Barselona»ga ötişi haqida yozişgandi. Katalonlarni madridliklar klubini aylanib ötib, futbolçi bilan muzokaralar ötkazişda ayblaşdi, futbolçi qoliş-qolmasligi haqidagi savollarga muayyan bir javob bermasdi. Keyin birdan jahon çempionati boşlangunigaça aniq javob berişini aytdi, bularning barçasi u şu yozda Madridni tark etişini körsatayotgandi.

Fransiyalik futbolçi öz qarorini haqiqiy şouga aylantirdi. Bundan Jyerar Pike ham çetda qolmadi - unga tegişli Kosmos Studios kompaniyasi ikki oy mobaynida Grizmanning ikkilanişlari, ota-onasi, rafiqasi (aynan u hal qiluvçi rol öynagan), singlisi va bilan maslahatlaşuvlari haqida hujjatli film işladi. Uning oxirgi sahnasida futbolçi «Atletiko»ning uy stadioni bölmiş «Vanda Metropolitano» qarşisida turadi va barçaga Diyego Simeone jamoasida qolişini ma'lum qiladi.