Xitoyning «Tyantszin Tsyuantszyan» klubining belgiyalik yarimhimoyaçisi Aksel Vitsel Dortmundning «Borussiya» klubi a'zosiga aylandi.

Klub matbuot xizmati xabar berişiça, bugun futbolçi Şveytsariyaga yetib kelib, nemislar klubi safida maşğulotlarga kirişgan.

29 yoşli futbolçi transferi uçun nemislar 20 million yevro tölaydi. Rasmiy taqdimot 2 kun içida bölib ötadi.

Vitsel «Borussiya» bilan 2022 yilgaça möljallangan şartnoma imzolaydi va yiliga 10 million yevro miqdorida maoş oladi.

Vitsel öz faoliyatida 2012-2017 yillar davomida «Standard», «Benfika» va «Zenit» kabi klublarda ham töp surgan.