Daimler konserni Eronda AQŞ sanksiyalarining joriy etilişi tufayli öz işini töxtatmoqda, Tehron bilan yadroviy bitimning kelajagi atrofidagi siyosiy vaziyatni diqqatlik bilan kuzatib borişda davom etmoqda, deb ma'lum qilişdi kompaniyadan.

Duşanba kunidan AQŞ Eronga qarşi keng kölamli sanksiyalarni qayta tikladi, ular Eron yadro dasturi böyiça Qöşma keng kölamli harakatlar rejasiga erişilgani tufayli avval töxtatib qöyilgandi. AQŞ prezidenti Donald Tramp may oyi boşlarida Vaşington Eron bilan yadro dasturi böyiça kelişuvdan çiqişi haqida e'lon qildi. U Tehronga qarşi barça sanksiyalar, şu jumladan, ikkilamçi, ya'ni Eron bilan biznes yuritadigan boşqa mamlakatlarga nisbatan ham sanksiyalar tiklanişi haqida xabar berdi.

«Eronda şundoq ham çeklangan faoliyatimizni joriy etilgan sanksiyalarga muvofiq töxtatdik. Biz siyosiy voqealarni, ayniqsa, yadro bitimi böyiça özgarişlarni diqqat bilan kuzatib boramiz», - deyiladi Daimler’ning bayonotida.

Şuningdek, bayonotda aytilişiça, «Eron iqtisodiyoti va avtomobil bozorlari kutilganidan ança zaiflaşdi».