Bugungi kunda yaxşi uy-joy bu nafaqat zamonaviy texnologiyalar va materiallarning yuqori sifatliligi, balki joylaşuvning qulayligi va rivojlangan infratuzilmaning mavjudligidir. Poytaxt kundan-kunga özgarib, qulay va şinam uy-joylar qurilmoqda, köçmas mulkka bölgan talablar esa tobora murakkablaşib bormoqda.

Foto: DUCAT

Hozirda köpçilik xaridorlar uçun köçmas mulkning qaysi tumanda joylaşganligi muhim ahamiyatga ega. DUCAT zamonaviy uy-joy majmuasi Toşkent şahri Mirzo Uluğbek tumanining eng yuqori nuqtasida joylaşgan bölib, (Oltintepa köçasi, sobiq Tsiolkovskiy köçasi), u nafaqat me'moriy tuzilişi, balki yaşaş uçun qulay şart-şaroitlari bilan ham lol qoldiradi.

DUCAT afzalligi – barça qulayliklarga ega bölgan va qulay yaşaş mezonlariga javob beruvçi megapolis markazida joylaşganligidir. Bu yerda yaşaş uçun zarur bölgan barça narsalar: maktablar, bolalar boğçasi, şifoxonalar, boğlar, qulay transport boğlamalari bor. Sizning kelajakdagi uyingiz qulay turmuş şaroiti uçun zarur bölgan barça maişiy va ijtimoiy obektlarga ega.

DUCAT – bu nafaqat turar-joy majmuasi, balki yorqin hayot sari qadamdir. Uyning arxitekturasi elegant körinişda bölib, uning şakllari aniq va geometrik jihatdan simmetrik. Noyob loyiha yetakçi mahalliy arxitektorlar – “ARTIFEX GROUP” guruhi tomonidan işlab çiqilgan. DUCAT – bu 34 xonadonga möljallangan ikki pod'yezdli sakkiz qavatli uy. Uy 75 m2 dan 119 m2 gaça bölgan 2, 3, 4 va 5 xonadan iborat kvartiralardan taşkil topgan. Lekin xohişga köra, ularni şaxsiy ehtiyojlarga mos ravişda qaytadan planlaştiriş mumkin. Şiftning balandligi 3 metr bölib, bu şinam uyda yaşaşni istaganlar uçun ayni muddao.

“DUCAT” turar-joy majmuasi tumanning eng baland qismida joylaşgan bölib, yuqori qavatdagi Roof Garden va mansardali xonadonlardan ajoyib toğ manzarasi körinadi. Agar 8 qavatda joylaşgan 4 xonali kvartira sotib olsangiz, 55,8 m2 mansarda hamda 42,2 m2 maydonga ega Roof Garden (terrasa)ni sovğa sifatida olasiz.

Uşbu turar-joy majmuasida “Aqlli uy” tizimining tayanç töplamini örnatiş kuzda tutilgan. Bu esa kelgusida xonadon egalariga Smart Home kengaytirilgan funksiyalarini individual istaklarga mos ravişda örnatiş imkonini beradi. Quriliş sifati, uyning zilzilabardoşliligi, şovqinni ötkaziş darajasidan xavotir olmasangiz ham böladi. Turar-joyni qurişda xavfsiz va qulay yaşaş şaroitini ta'minlaşga alohida yondaşilgan.

Turar-joy majmuasi himoyalangan hudud hisoblanadi. Şuning uçun farzandingizni hovliga, bolalar maydonçasiga bexavotir çiqarişingiz mumkin. Bu yerda 24 soatlik qöriqlaş va videokuzatuv tizimi mavjud. Yer osti avtoturargohi, yuk kötaruvçi lift, yoş bolalar va nogironlar aravaçasi uçun pandusning mavjudligi, şuningdek, pod'yezdlarga kiraverişdagi xollning keng ekanligi DUCAT turar-joy majmuasining har bir xonadon egasi uçun qulay ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi.