O‘zbekiston | 10:14 / 07.08.2018
43271
1 daqiqa o‘qiladi

DV-2019. O‘zbekistonliklar qancha grin karta yutib oldi?

Foto: Depositphotos

Yaqinda DV-2019 viza lotereyasi natijalari e'lon qilindi, unda sobiq SSSRning 20 mingga yaqin aholisi Qo‘shma Shtatlarda yashash huquqiga ega bo‘ldi.

Dastlabki norasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, eng muvaffaqiyatliga O‘zbekiston fuqarolari aylandi - ular 4500ga grin karta olgan. Bir oz kamroq Rossiya va Ukraina fuqarolarida - har bir mamlakat uchun 4400 grin karta, deb hisoblab chiqdi nashicanada.com nashri.

Uchinchi o‘rinni Armaniston egalladi. Uning aholisi 2800 grin kartani oladi. Belaruslar 1400 grin kartani yutib olgan bo‘lsa, tojiklar - 1200, gruzinlar - 1100, qozoqlar - taxminan 1000, ozarboyjonlar - 900.

Sobiq SSSR makonidagi eng yopiq davlat - Turkmanistonga 300ta grin karta yuboriladi. Eng kam grin kartani Estoniya fuqarolari yutib oldi. Lotereyada yutgan estonlar soni atigi 60 kishini tashkil qiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid