Indoneziyada yuz bergan yetti balli zilzila oqibatida 98 kişi halok böldi, 200dan ortiq kişi tan jarohati bilan şifoxonaga yotqizildi. Bu haqda mamlakat Favqulodda vaziyatlar agentligi rasmiy vakili Sutolo Nugroxo ma'lumot bergan. 

«Halok bölganlarning köpçiligi Lombok orolida bölgan», deydi rasmiy vakil. Ayrim halok bölganlarning jasadi qöşni orol - Balidan ham topilgan. 

«Gap 2,7 ming nafar sayyoh haqida ketmoqda», deydi Nugroxo evakuatsiya qilingan şaxslar haqida gapirib.

Şu orada internet tarmoqlarida zilzila boşlangan paytda ham ibodatdan çalğimagan imomning videosi tarqaldi. Uning ortida turgan ayrim kişilar joyidan qözğalgan bölsa-da, boşqalar böş joylarni töldirişgan. 

The Guardian naşriga köra, imom yer qimirlaşi paytida Bali orolida bölgan. ​