Olimlar internet va uyqu davomiyligi örtasida boğliqlik borligini aniqlaşdi. Milandagi Bokkoni Universiteti va Pittsburg universiteti tadqiqotçilari Internet tarmoqlariga kiriş uyqu vaqtini qisqartirişini aniqlaşdi. Natijalar Journal of Economic Behavior and Organization jurnalida çop etildi.
Tadqiqot natijalariga köra, keçqurun tarmoqqa kirişni xuş köruvçilar belgilangan vaqtdan 25 daqiqa kamroq uxlaşar ekan. Ularda uyqusizlik rivojlanadi, kunduzi ular özlarini çarçagan va asabiy his qilişadi. Internetning uyquga ta'siri ayniqsa 18 yoşdan 30 yoşgaça bölgan odamlar orasida yaqqol aks etgan.
Sörovnomada germaniyalik 5,5 ming nafar köngilli qatnaşgan. Iştirokçilar uç kun davomida har 10 daqiqada öz xatti-harakatlarini yozib borişgan.












