Oliy Majlisning Özbekiston Xalq demokratik partiyasidan sobiq deputati Anvar Boyqulov vafot etdi. Bu haqda Alişer Ravşanov Facebook’dagi sahifasida xabar berdi.
“Avvalo mehribon ota, farzandlari uçun çinakam jonkuyar inson, öz sohasining yetuk mutaxassisi Anvar Abduğapporoviç endi oramizda yöq. Anvar aka bilan ikki marta: Oliy Majlis Qonunçilik palatasi va Özbekiston XDP Markaziy Kengaşida birga işlaş nasib etdi. Nasib etdi deya, şunçaki uluğlaş niyatidan yiroqman. Ammo qanday jonkuyar inson endi oramizda yöqligini faqat birga işlaganlargina köproq biladi. Öz manfaatidan vatan manfaatini, xalq istagini ustun bilişda köpçiligimizga örnak böladigan inson edi. Beşafqat ölim bu safar ana şunday mehnatsevar ustozni oramizdan olib ketdi. Alloh rahmatiga olsin, joylari jannatda bölsin. Yaqinlariga sabr bersin”, - deb yozadi A.Ravşanov.
A.Boyqulov Sanoat, quriliş va savdo masalalari qömitasi raisi örinbosari sifatida faoliyat olib borgan.
KUN.UZ tahririyati marhumning oila a'zolari va yaqinlariga çuqur ta'ziya izhor etadi.












