Suriya AQŞning Eronga qarşi sanksiyalarni qöllaşiga mutlaqo qarşi, deya xabar beradi SANA agentligi Suriya Taşqi işlar vazirligidagi manbaga asosan.

“Suriya AQŞ hukumatining Eronga qarşi çiqarilgan iqtisodiy sanksiyasini qattiq qoralamoqda. Xalqaro huquq me'yorlariga köra, uşbu bir tomonlama yondaşuv AQŞ hukumati gegemonligini yaqqol körsatgan va Eron bilan yadroviy kelişuvni bekor qilganligi uçun butun dunyo işonçini yöqotdi”, - deya ma'lum qilgan manba.

Eronga qarşi yangi iqtisodiy sanksiyalar 7 avgust kuni tasdiqlandi va kuçga kirdi. Unga köra, Eronning oltin va qimmatbaho metallar, grafitni sotiş va uni yetkazib beriş yoki alyuminiy, pölat kabi metallar importi va eksportiga çeklovlar qöyiladi. 

AQŞ prezidenti Donald Tramp 8 mayda Eron hukumati içki va taşqi siyosatini özgartirgunga qadar şartnoma va sanksiyalarni qayta tiklaşini e'lon qilgandi. Şartnomaning qolgan a'zolari hali ham kelişuvga amal qilib kelişmoqda. Yevrokomissiyaning xabar qilişiça, Yevropa Ittifoqi 7 avgustdan boşlab Yevropa kompaniyalarini himoya qiliş maqsadida AQŞning Eronga qarşi sanksiyasiga taqiq qöydi.