Uç yil avval oğir jigar transplantatsiyasini boşdan ötkazgan qozoğistonlik ayol farzand kördi. Milliy akuşerlik, ginekologiya va perinatologiya markazida olmaotalik Tölqin Aydarova soğlom farzandni dunyoga keltirdi.

Bu 2015 yilda Sizganov nomli Milliy jarrohlik markazida muvaffaqiyatli amalga oşirilgan jigarni köçirib ötkaziş operatsiyasini boşidan ötkazgan ayolning birinçi farzandidir.

"Ayol qiz farzandini tabiiy yöl bilan dunyoga keltirdi, uning vazni - 3 250 gramm, böyi - 52 sm. Şifokorlarning aytişiça, ona va bola özlarini yaxşi his qilişmoqda", - deyiladi markaz matbuot xizmatida. 

"Organlar köçirib ötkazilganidan keyin homiladorlik holati bizning tajribamizda yangilik emas. Sönggi vaqtlarda organlarni köçirib ötkaziş bilan boğliq operatsiyalardan keyin onalik baxtiga muyassar bölgan ayollar sonining ösişi kuzatilmoqda. Biroq bu jigar transplantatsiyasidan keyin soğlom farzand dunyoga kelişi qayd etilgan ikkinçi noyob holatdir. Jigar transplantatsiyasi jarrohlikning eng murakkab yönalişlaridan biri hisoblanadi. Şunga qaramay, bu homilador bölişga va soğlom farzandni dunyoga keltirişga halal bera olmadi. Albatta, bunday qaror katta mas'uliyat talab qiladi. Operatsiyadan keyin muammolar qayd etilmagan taqdirdagina farzand köriş mumkin", - deydi şifokor Uskinboyev.