Ikki kundan söng, 10 avgust oqşomida «Mançester Yunayted» – «Lester» öyini bilan Angliyada yangi mavsum boşlanadi. Bu safargi startning avvalgilaridan farqi şundaki, aynan mavsum boşlanişi bilan transferlar oynasi ham yopiladi. Ya'ni, şu kundan keyin jamoalar öz tarkiblariga yangi futbolçi qöşib ololmaydi. Kimdir boşqa ligalarga ketişi mumkin, albatta.
E'tiboringizga, APL favoritlarining bugungi holati va imkoniyatlari haqida ba'zi mulohazalarni havola qilamiz.
Pep Gvardiola jamoasining ötgan mavsumdagi ustunligidan kelib çiqsak, yangi mavsum oldidan asosiy vazifa tarkibni transferlar hisobiga kuçaytiriş emas, belgilangan yönalişda yanada takomillaşiş ekani sir emas.
Şu tufayli jamoa transfer bozorida u qadar faol bölmadi. Aslida qişda amalga oşişi kutilgan transfer yakuniga yetkazildi xolos. «Lester» yetakçisi Riyoz Mahrez 67.8 million yevroga sotib olindi. Mahrezning kelişi «Mançester Siti»da şundoğam katta bölgan hujumkor futbolçilar ansamblini kengaytirdi. Sane, Kevin De Bryuyne, ikki Silva, Sterling, Mahrez, Aguero, Jyezus.. Bu biz bilganlarimiz. Bundan taşqari, Gvardiola nazorat öyinlarida yaxşi taassurot qoldirgan Dias va Fodenni ham endi öyinlarga köproq jalb qilişi mumkin. Ötgan mavsumni töliq jarohat bilan ötkazib yuborgan jahon çempioni Benjamin Mendi ham himoyada yana bir variant böladi. Ya'ni, bugunga kelib, Gvardiola özining mukammal tarkibiga ega deb bemalol aytiş mumkin.
Öng qanot hujumçisi sotib olinişi yana bir ğoyani asoslaşi mumkin – balki Kevin de Bryuyne orqaroqda, tayanç yarim himoyaçiga yaqinroq joyda töp suradi. Terma jamoada Martines ba'zi öyinlarda (kuçsizroq terma jamoalar bilan) mana şu sxemani ham sinab körgan, De Bryuynening özi ham, Gvardiola unga orqaroqda öynatmoqçi ekanini aytgandi. Amalga oşmay qolgan Jorjino transferi balki murabbiyga mana şu yeçimni taqdim etgandir, axir tayanç zonasida birgina 31 yoşli Fernandino bilan ança tahlikali bölişi mumkin.
Şuningdek, ba'zi mutaxassislar Gvardiola yangi mavsumda 3-3-4 sxemasini qöllaşni rejalaştirayotganini taxmin qilişmoqda. Uç markaziy himoyaçi bilan, «Çelsi»dagi sxemadan farqli ravişda, qanotlarda sof laterallar emas, aytaylik Riyoz Mahrez yoki Sterling maydonga tuşadi. Bir paytlar Dani Alveş bilan «Barselona»da ham bu sinab körilgan, ayniqsa, butun jamoa bilan himoyalanadigan raqiblarga qarşi oldingi çiziqda köproq futbolçi bölişi yordam berişi mumkin.
Mavzuga oid
Xulosa qiliş aytiş mumkinki, «Mançester Siti» bu mavsumda ham yaqqol favoritligiça qoladi va qaçonki, boşqa top jamoalardan biri öta muvaffaqiyatli öynab yuborsa yoki Gvardiolada qandaydir taktik muammolar paydo bölib qolsa, yangi çempionlarni köramiz. Zero 2009 yildan buyon hali biror jamoa Angliyada qatorasiga ikki yil ğolib çiqqani yöq. Bu ham fakt.
MANÇeSTeR YuNAYTeD
Foto: Victor Decolongon/Getty Images
«Mançester Yunayted»ning yozi juda asabiy ötdi, deyilsa biroz yumşatgan bölamiz. Aslida, muammo yöqdek, ötgan mavsumni 2-örinda yakunlagan, ayniqsa bahorda deyarli barça top klublar ustidan ğalaba qozongan «MYu» çempionlikka asosiy da'vogar bölişi kerak. Lekin norozilarning ham asoslari bor, birinçidan, bu yozda hamma kutganidek tarkibda inqilobiy yangilaniş tugul, ança muammoli pozitsiyalar sanalgan qanot himoyaçilari va hujumçilari, şuningdek, barqaror markaziy himoyaçisi ham sotib olinmadi. Ikkinçidan, öşa ğalabali top öyinlarda ham «MYu» Mourino uslubida ğalaba qozongan, jamoaning rivojlaniş vektori közga taşlanmagandi. Muxlislar esa, heç bölmasa, «Old Trafford»da «dominant» jamoani körişni istamoqdalar.
Şuningdek, «MYu»ning 7 futbolçisi jahon çempionatining sönggi kunigaça turnirda böldi va ularning mavsumoldi yiğinlarida qatnaşa olmaganliklari boş murabbiyga muammo tuğdirmoqda. Matiç, Valensiya kabi asosiy tarkib futbolçilari esa, yiğinning ilk kunlaridayoq jarohat oldi va ular qaçon safga qaytişlari noma'lum. Töğri, «Tottenhem» va «Mançester Siti»da ham şunça futbolçi yöq edi, ammo aynan «MYu»da Lukaku yoki Pogba kabi futbolçilarning örni kattaroq. Mourino uslubida alohida futbolçilarning yöqligi jamoa öyini kartinasiga kattaroq ta'sir ötkazadi. «Tottenhem» yoki «Siti» ikkinçi tarkib bilan ham közni quvnatadigan öyin namoyiş qila oladi.
«MYu» «Bavariya» bilan örtoqlik öyinida atigi bir marotaba raqib darvozasiga zarba bera oldi xolos. Mavsumoldi sönggi nazorat öyinidagi bu körsatkiç köpçilikni taşvişga qöyayotgani tabiiy.
Endi bunga Marsiyal bilan boğliq maşmaşalar, Pogba haqidagi miş-mişlar, klubning Alderveyreld, Boateng, Mina va Maguayr kabi markaziy himoyaçilar orasida uyoqdan-buyoqqa borib kelayotgani va transfer oynasi yopilişiga atigi ikki kun qolganini qöşing. Mana sizga odatiy Mourinoning uçinçi mavsumi. Farqi, bu safar ikkinçi mavsum kutilganidek muvaffaqiyatli çiqmadi va endi uçinçi mavsum yanada mas'uliyatliroq böladi. Balki, Mourino uçun mana şu muammolar ayni muddaodir, ya'ni bu orqali bosimni kamaytiriş va ilk turlarda himoyaviyroq öyin bilan rejadagi oçkolarni oliş közda tutilayotgandir. «Lester» yoki «Brayton» ustidan qozoniladigan har qanday ğalabalar muxlislarni xotirjam qiladi, vaziyatdan kelib çiqib, heç kim hujumkor futbol yoki yirik hisoblarni talab qilmay turadi.
LIVeRPUL
Foto: Liverpul
Angliyada eng qoniqarli transfer kampaniyasini olib borgan klub «Liverpul»dir. Rahbariyat nihoyat özi işonadigan va eng yuqori örinlar uçun da'vogarlik qila oladigan murabbiyni topgan körinadi. Bukmekerlar tomonidan Klopp jamoamsi APLda ğolib çiqiş uçun «Mançester Siti»dan keyingi nomzod sifatida qayd etilmoqda.
«Roma» darvozaboni Alisson 75 million yevro, Fabino 45 million yevro, Şakiri 14,7 million yevro, Nabi Keyta 60 million yevroga olib kelindi. Qişda Virjiyl van Deyk himoyaçilar uçun rekord narxga ötganini hisobga olsak, «Liverpul» sönggi olti oyda yangi futbolçilar uçun 300 millionga yaqin pul sarfladi. Jamoani faqat Emre Jan erkin agent sifatida tark etgan.
Ötgan mavsumda Angliyada eng sermahsul va kuçli öyin körsatgan jamoalaridan biri, YeÇL finalçisi öz tarkibida mana şunday özgarişlarni amalga oşirişi faqat bir narsadan dalolat qiladi – yangi mavsumda «Liverpul» barça musobaqalarda faqat ğoliblik uçun kuraşadi.
Göyoki faqat himoyadagi xatolar evaziga köp oçkolarni boy bergan «Liverpul»ning şu yönalişda yaxşi iş olib borgani va darvozabon, himoyaçi va himoyalanuvçi yarim himoyaçilarni qölga kiritgani, endi öz darvozasini daxlsiz saqlaş borasidagi muammolarga barham berilganini körsatsa-da, aslida unday emas. Menimça, «Liverpul»ning himoyadagi muammolari individlarga boğliqmas, taktik omillar evazigadir. Ya'ni, jamoa juda yuqori himoya bilan öynaydi, raqibni öz jarima maydoni yaqinida pressing qilişni yaxşi köradi. Nafaqat yaxşi köradi, Kloppning asosiy quroli şuning ustiga qurilgan. Aynan şu uslub orqali «Liverpul» Yevropaning eng hujumkor jamoasi böldi.
Aytmoqçimanki, himoyada va darvozada kim turişidan qat'i nazar, jamoa bu mavsumda ham öz yarimmaydonida kattaroq zonalarni oçiq qoldiradi, bu esa, raqib qarşi hujumlari uçun imkoniyatdir. «Liverpul»ning uslubi odatdagidan (boşqa top jamoalarga nisbatan) köproq gol ötkazib yuborişni taqozo qiladi. Bu bir tanlovdir. Yangi nomlar aytaylik, standart vaziyatlardagi pala-partişliklarga barham berişi, individual xatolarni kamaytirişi va albatta, şu orqali, himoyadagi körsatkiçlarni sal yaxşilaşi mumkin. Ammo Kloppdan yangi futbolçilar yordamida «Çelsi» yoki «MYu» kabi himoyani kutiş notöğri.
Tarkibdagi yagona muammo sifatida qanot himoyaçilari va sof hujumçini aytiş mumkin. Starrij va Solankening qay saviyada öynay olişlarini baholaş qiyin, Firmino esa, butun mavsumga torta olmaydi. Himoyada ötgan yili Aleksander Arnold, Gomes, Robertson juda yaxşi mavsum ötkazişdi, lekin bu yoş futbolçilar «ikkinçi mavsum inqirozi»ni boşdan keçirmasligiga heç kim kafolat bera olmaydi, 32 yoşli Milner esa, doimo yordamga kela olmaydi.
Yangi transferlar «Liverpul»ga aynan uzun masofadagi turnirlarda, masalan Angliya Premer Ligasida yordam beradi. Bir neça yildan beri «Liverpul» bu borada aziyat çekayotgandi. Jamoa doim bir asosiy tarkibga boğlanib qolgan, Mane yoki boşqa futbolçining jarohat olişi yoki boşqa sabablar bilan safdan çiqişi natijasida öyinga putur yetardi. Doimo mavsumning qaysidir pallasini jamoa juda böş ötkazar va bir neça haftada içki çempionatda ham, kuboklarda ham vaziyatni boy berib qöyardi. Şakiri öyinlarda asosiy tarkibda maydonda bölmasligi mumkin, ammo u ham kerakli paytda Saloh yoki Manening örnini töldirişi, Kloppga kerakli paytda rotatsiyalar imkonini tuğdirişi mumkin.
TOTTeNHEM
Foto: Tottenhem
Klub odatdagidek, bu safar ham transfer bozorida faol bölmadi. Umuman, sönggi yozlardagi klubning eng asosiy vazifasi mavjud tarkibni va yulduzlarni saqlab qoliş bölib kelmoqda. Bu safar ham şunday. Agar «Tottenhem» ötgan yilgi tarkibni saqlab qola olsa, katta muvaffaqiyat sanaladi va aynan mana şu barqarorlik evaziga yuqori örinlar uçun da'vogarlik qilişi turgan gap.
Tobi Alderveyreldning Mançesterga ketişi mumkinligi Poçettinoni kam xavotirga soladi. Çunki şundoğam Tobi ötgan mavsumda asosiy tarkibda köp maydonga tuşmadi, Davinson Sançes bemalol uning örnini töldirişi mumkin. Ammo Harri Keynni «Real» çangalidan asrab qoliş lozim. Madridliklar futbolçini har qanday narxga sotib olişga tayyor ekani haqida xabarlar tarqalmoqda. Şu bilan birga, Keynning Madridga ketiş orzusida yonmayotgani, buning ustiga, transfer oynasi tugaşiga ikki kun qolganda «Tottenhem» unga örinbosar qidirmayotganini e'tiborga olsak, Keyn bu mavsum ham Londonda qoladi.
«Çelsi» va «Arsenal»da yangi murabbiylar kelgani va bu biroz mavhumlik içida qolayotganliklarini e'tiborga olsak, London jamoalari içida «Tottenhem» mavsumni muvaffaqiyatliroq ötkazişi mumkin.
ÇeLSI va ARSeNAL
Foto: globallookpress
Foto: Tvitter
Har ikki jamoa bu yil YeÇLda qatnaşmaydi va har ikki jamoa yangi murabbiy bilan mavsumni boşlamoqda.
Aslida yangi murabbiylar qöl ostida bu jamoalar transferlar bozorida köproq faol bölişlari kutilgandi, lekin unday bölib çiqmadi. «Arsenal» bu borada sal yaxşiroq – urugvaylik Lukas Torreyra 30 million yevroga olib kelingan bölsa, Papastopulosga 16 million, yoş yarim himoyaçi Ganduzi («Loryan») uçun 9 million tölandi. Stefan Lixştayner esa erkin agent sifatida keldi. Şundoğam oxirgi mavsumda «Arsenal» tarkibida öynamagan Uilşir va Kasorla jamoani tark etişdi. Per Mertezaker faoliyatini yakunladi.
Baribir, bu özgarişlar yetarli emasdek. Klub Emerining bor masalliq bilan muvaffaqiyatli töp sura oliş qobiliyatiga işonayotgandir, ammo start nuqtasidan turib baholaganda, «Arsenal»ning tarkibi yuqorida tilga olingan raqiblarga nisbatan kuçsizroq körinmoqda.
«Çelsi»dagi holat esa, biroz boşqaça. «Çelsi» tarkibi atigi bir yil oldin Angliya çempioni bölgan. Sarri körinişidagi yangi qon bilan «köklar» yana kuçli jamoaga aylanib olişlari heç gap emas. Umuman Abramoviçning bu uslubi köpçilik uçun «dovdiraş»dek tuyulsa-da, har ikki yilda murabbiyni almaştiriş orqali, «Çelsi» sönggi 8 yilda 3 marta APLni, YeÇLni va YeLni yutdi. Ya'ni sönggi ön yilda Angliyaning eng köp sovrin yutgan jamoasi ham aynan «Çelsi»dir. Sarri ham göyoki imkoniyati kam deb baholanayotgan mavsumda Kontening mu'jizasini takrorlay olişi heç gap emas, köramiz.
Buning uçun avvalo, Azar, Villian kabi yulduzlarni saqlab qoliş kerak böladi. Hozirça, bu haqida miş-mişlar köp emas, ammo «Real» yoki «Barselona» bu futbolçilarga bölgan qiziqişini oşirsa, «Çelsi»ning YeÇLda qatnaşmayotgani ham hal qiluvçi omil bölib qolişi turgan gap. Sarri bu yerda öz jamoasini tuziş uçun, avvalo jamoani saqlab qolişi, yetakçilarni öz ğoyalariga işontirişning uddasidan çiqişi kerak böladi. Unda köp vaqt yöq.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi