Yaponiyaning meteorologiya agentligi çorşanba, 8 avgust kuni Tiba prefekturasidagi Mobara şahrining 89 ming aholisini «Şanşan» tayfuni yaqinlaşişi sababli evakuatsiya qilişni tavsiya qildi. Bu haqda Mobara şahrining rasmiy saytida xabar berilgan.
Mavjud ma'lumotlarga köra, Mobaradagi 40 349 uyda istiqomat qiluvçi 89 963 aholini evakuatsiya qiliş haqida tavsiyalar berilgan. Mahalliy rasmiylar tayfun qamrab olgan tumanlar aholisini vaqtinça joylaştiriş uçun 33ta evakuatsiya markazlari oçilgani haqida xabar berişdi.
Şuningdek, matbuot xizmatidan ta'kidlaşlariça, yomğirlar oqibatida Itinomiya daryosidagi suvning miqdori oşgan, şu sababdan suv toşqini xavfi mavjud.

















