Ivan Duke seşanba kuni Bogota şahrida bölib ötgan inauguratsiya marosimida rasman Kolumbiya prezidentiga aylandi.
Marosim mamlakatning markaziy maydoni - Bolivar maydonida bölib ötdi. Unda jami 10 davlat rahbarlari va 17 boşqa mamlakatlar delegatsiyalari iştirok etdi. Duke rafiqasi va uç nafar farzandi bilan orkestr hamda qöriqçilar hamrohligida qöşni köça böylab maydonga piyoda kirib keldi. Duke protokolni buzib, maydonda turgan taklif etilgan mehmonlarga yaqinlaşdi va ular bilan körişib, muloqot qildi.
Davlat madhiyasi ijro etilgandan söng, Duke Kolumbiya prezidenti sifatida qasamyod keltirdi, şundan keyin prezidentlik tasmasini kiydi va davlatning yangi rahbariga aylandi.
17 iyun kuni bölib ötgan saylovlarning ikkinçi turi natijalariga köra, öng kuçlardan nomzod 42 yoşli Duke saylovçilarning 54 foiz ovozini oldi. U sönggi 70 yil içida Kolumbiyaning eng yoş prezidentiga aylandi. Şu bilan birga, u qayta saylaniş huquqiga ega emas, öz lavozimida faqat tört yil bölişi mumkin.
Eslatib ötamiz, Kolumbiyaning avvalgi prezidenti mamlakat bilan xayrlaşib, siyosatdan ketişini e'lon qilgandi.

















