Qozoğistonning xalqaro zaxiralari hajmi 2018 yil iyul oyida iyun bilan soliştirganda 0.61%ga, 2017 yil dekabriga nisbatan esa 1.58%ga kamaydi va 87.668 mlrd dollar taşkil etdi, deya xabar berdi “Kazinform”.

Qozoğiston Milliy bankining ma'lumotlariga köra, mamlakat yalpi zaxiralari hajmi iyul oyida 2.62%ga ösdi (yil boşidan beri 0.46%) va 30.886 mlrd dollarga yetdi. Şu jumladan, xalqaro zaxiralar 2.67% (+0.51%) ösişni qayd etib, 30.388 mlrd. AQŞ dollarini taşkil etdi.
 
Qozoğiston Respublikasi Milliy jamğarmasi aktivlarining hajmi 2.29%ga (-2.66%) pasayib, 56.782 mlrd. dollarni taşkil etdi. Erkin ayirboşlanadigan valyutadagi aktivlar hajmi 18.09 mlrd. dollarni taşkil etib, ötgan oyga nisbatan 5.41%ga oşdi (ötgan yilning dekabriga nisbatan 0.86% pasayiş). Oltin aktivlarining hajmi 1.07%ga (+2.39%) kamayib, 12.796 mlrd. dollarga yetdi.