«Çelsi» belgiyalik darvozabon Tibo Kurtuani «Real»ga qöyib yuborişga rozi bölgan.
Sky Sports xabariga köra, uşbu transfer doirasida Madrid klubidan xorvatiyalik yarim himoyaçi Mateo Kovaçiç Londonga bir yil muddatga ijaraga keladi.
Özini Madrid klubiga qöyib yuborişni talab qilib, klub maşğulotlarini boykot qilgan 26 yoşli darvozabonni esa «Real» 35 million funtga baholagan.
Öz navbatida, «Çelsi» Kurtua örniga Ispaniyadan örinbosar topgan. «Atletik» klubi va Ispaniya terma jamoasi darvozaboni Kepa Arrisabalaga faoliyatini London klubida davom ettiradi.
Marca xabariga köra 23 yoşli darvozabon yaqin vaqtlar içida Londonga uçib, tibbiy körikdan ötadi. Uning transferi 71 million funtga (80 million yevro) baholanmoqda.
Şu tariqa, ispaniyalik darvozabon futbol tarixidagi eng qimmatbaho darvozabon maqomini bir oy muddat avval «Roma»dan «Liverpul»ga 65 million funt evaziga transfer bölgan Alissondan olib qöyişi mumkin böladi.
Ötgan mavsumda Kepa jamoasi safida 31 uçraşuvda iştirok etib, 44 gol ötkazgan. Kurtua esa «Çelsi»ning barça turnirlar doirasidagi 46 uçraşuvida darvozani qöriqlab, 47 gol qöyib yuborgan.













