Içki işlar vazirligi, Soğliqni saqlaş vazirligi, Avtomobil yöllari davlat qömitasi, Avtomobil transporti agentligi, Standartlaştiriş, metrologiya va sertifikatlaştiriş agentligining qarori bilan Nogironligi bölgan şaxslar avtotransport vositalarining töxtab turiş joylariga qöyiladigan talablar töğrisidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga köra, nogironligi bölgan şaxslarning avtotransport vositalarini töxtab turişi uçun bozorlar, savdo majmualari va boşqa obektlar hududlaridagi avtotransport vositalari töxtab turiş joylarining kiriş va çiqiş qulay bölgan qismida nogironligi bölgan şaxslarning avtotransport vositalari töxtab turiş joylari taşkil etiladi.

Nogironligi bölgan şaxslar avtotransport vositalarining töxtab turiş joylari töxtab turiş joyi umumiy maydonining kamida 5 foizini (kamida 2 ta joy) taşkil etişi lozim.

Nogironligi bölgan şaxslar avtotransport vositalarining töxtab turiş joylariga Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 24 dekabrdagi 370-son qarori bilan tasdiqlangan Yöl harakati qoidalarining 1-ilovasiga muvofiq «5.15. Töxtab turiş joyi» va «7.17. Nogironlar» yöl belgilari örnatiladi. 

Nogironligi bölgan şaxslarning avtotransport vositalari uçun ajratilgan töxtab turiş joylaridan «Nogiron haydovçi boşqarayotgan avtomobil» taniqlik belgisi örnatilgan avtotransport vositasini boşqarayotgan I va II guruh nogironligi bölgan şaxslar — nogironlikni tasdiqlovçi tibbiy ma'lumotnomasi hamda 16 yoşgaça nogiron bolasi bölgan ota-onalar (yoki ularning örnini bosuvçi şaxslar) — 16 yoşgaça nogiron bola uçun tayinlangan tegişli pensiya guvohnomasi bölganda foydalanişi mumkin.

Nogironligi bölgan şaxslarning avtotransport vositalari uçun ajratilgan töxtab turiş joylaridan foydalanganlik uçun haq olinmaydi.

Bozorlar, savdo majmualari va boşqa obektlar hududlaridagi nogironligi bölgan şaxslarning avtotransport vositalari töxtab turiş joylari namunaviy çizma asosida jihozlanadi.

Köp qavatli avtotransport vositalari töxtaş joylarida nogironligi bölgan şaxslar avtotransport vositalarining töxtab turişi uçun joylar birinçi qavatda 
va boşqa qavatlarda liftga yaqin joylardan ajratilişi kerak.

Bozorlar, savdo majmualari va boşqa obektlar hududlaridagi nogironligi bölgan şaxslarning avtotransport vositalari töxtab turiş joylariga kök fonda